AsosiyDunyo

Isroil AQShning yangi sulh taklifini qabul qildi

Yangi reja G‘azo sektorida 60 kunlik tinchlik va 10 nafar garovdagini ozod etishni ko‘zda tutadi.

'Isroil AQShning yangi sulh taklifini qabul qildi'ning rasmi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQShning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff tomonidan taqdim etilgan sulh taklifini qabul qilganini tasdiqladi.

Hujjat G‘azoda ikki oylik sulh va 10 garovdagining ozod etilishini nazarda tutadi.

“HAMAS” vakillari mazkur taklifni vositachilar orqali olganliklarini tasdiqlagan, biroq hozircha “mas’uliyat bilan ko‘rib chiqayotganliklarini” bildirgan.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen avvalroq YEI Isroilning o‘zini himoya qilish huquqini tan olishini, biroq fuqaro qurbonlari bo‘yicha harakatlar xalqaro huquq bilan mos kelishi lozimligini eslatgan edi.

    Boshqa yangiliklar