Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer mamlakat armiyasini bo‘lajak urushlarga tayyorlash zarurligini ta’kidladi. Bu haqda u “The Sun” yozmoqda.
“Bizga bevosita ilg‘or harbiy kuchlarga ega davlatlar tahdid solmoqda. Shuning uchun biz jang qilish va g‘alaba qozonishga tayyor bo‘lishimiz kerak”, — deydi Starmer.
Uning aytishicha, London qurolli kuchlarga sarmoya kiritadi, ularni “hozirgidan ham yaxshiroq muvofiqlashtirilgan, jangga tayyor va kuchliroq” holatga keltirish rejalashtirilgan.
Bugun, 2 iyun kuni Britaniya hukumati kamida oltita harbiy zavod qurilishi va 7 minggacha uzoq masofali qurollar ishlab chiqarish uchun 1,8 milliard yevro miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
Mamlakat mudofaa vaziri Jon Hili “BBC”nashriga bergan intervyusida asosiy xavf sifatida Rossiya va Xitoyni tilga oldi.
Unga ko‘ra, masalan, Stiveneyj shahrida qurilayotgan “Storm Shadow”qanotli raketalarini ishlab chiqaruvchi zavod nafaqat harbiy salohiyatni oshiradi, balki butun Britaniya bo‘ylab ish o‘rinlarini ham yaratadi.