AQSH Davlat departamenti tomonidan diplomatik kanallar orqali tarqatilgan ichki xabarga ko‘ra, Vashington fuqarolari xavotir uyg‘otgan yana 36 mamlakatga nisbatan immigratsion cheklovlarni joriy etishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Reuters” agentligi davlat kotibi Marko Rubio imzosi bilan tarqatilgan hujjatga tayanib xabar berdi.
Cheklovlar 60 kun ichida kuchga kirishi mumkin — agar ushbu davlatlar AQSH xavfsizlikka oid xavotirlarini bartaraf etishda yetarli chora ko‘rmasa.
Davlat departamenti bayonotiga ko‘ra, ba’zi mamlakatlar fuqarolari AQSHda terroristik harakatlarda yoki antisemit va antiamerikan faoliyatda ishtirok etgan.
Ayrim davlatlar o‘z fuqarolarini AQSHdan chiqarib yuborishga ko‘maklashmagan.
Ba’zilarida esa ishonchli shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni berish bo‘yicha hukumat yo‘q yoki yetarli darajada hamkorlik qilmayapti.
Shuningdek, ayrim davlatlarning biometrik xavfsizlik talablariga javob bermaydigan pasportlari ham AQSHning xavotiriga sabab bo‘lmoqda.
Ro‘yxatga kiritilgan 36 mamlakat orasida: Misr, Gana, Kamerun, Efiopiya, Qirg‘iziston, Suriya, Nigeriya, Ugando va boshqalar bor.
Eslatib o‘tamiz, AQSH ilgari ham Afg‘oniston, Eron, Somali, Sudan va Yaman kabi 12 davlat fuqarolariga nisbatan kirish cheklovlarini kuchga kiritgan edi.