AsosiyJamiyat

“So‘qoq somsasi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Somsani ro‘yxatga olish nimaga kerak?

'“So‘qoq somsasi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi'ning rasmi

Toshkent viloyati Parkent tumaniga qarashli So‘qoq qishlog‘iga xos bo‘lgan milliy taom — “So‘qoq somsasi” O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.

Mazkur mahsulot o‘zining o‘ziga xos tabiiy masalliqlari, xususan, faqat So‘qoq tog‘larida o‘sadigan xalq orasida «mador» nomi bilan tanilgan o‘simlik yoki ismaloqdan tayyorlanishi, shuningdek, betakror ta’mi va xamirining o‘ziga xos usulda tayyorlanishi bilan ajralib turadi.

 Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi:“So‘qoq somsasi”ning aynan So‘qoq hududiga mansubligini belgilab, uning sifati, tarixiy ildizlari va madaniy qiymatini huquqiy jihatdan muhofaza qiladi.

Ushbu ro‘yxatga olish jarayoni Toshkent viloyati adliya boshqarmasining ko‘magida amalga oshirildi.

Eslatma: Geografik ko‘rsatkich — bu mahsulotning ma’lum hududga xosligi va uning sifati, mashhurligi yoki boshqa belgilari o‘sha hududning tabiiy, insoniy va tarixiy omillariga chambarchas bog‘liq bo‘lganligini ifodalovchi intellektual mulk obyekti hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar