Fransiyaning yirik energetika kompaniyasi bo‘lmish “TotalЕnergies” bosh direktori Patrik Puyanne Rossiyadan yetkazib beriladigan suyultirilgan gaz (SPG)ni Yevropa osongina boshqa manbalar bilan almashtirishi mumkinligini gapirdi. Bu haqda “DW” nashri xabar berdi.
“Biz Rossiyani ishonchli yetkazib beruvchi sifatida yo‘qotdik. Energiya Rossiyaning urush quroliga aylandi. Shuning uchun Yevropa uchun muqobil yo‘llarni topish – strategik vazifaga aylangan”, - deydi Puyanne.
Uning aytishicha, 2027 yildan boshlab SPG bozori kuchayadi. Bunga Qatar va AQSHda barpo etilayotgan yangi quvvatlar sabab bo‘ladi.
Avvalroq, Yevrokomissiya 2028 yil 1 yanvardan boshlab Rossiya gazidan to‘liq voz kechish rejasini e’lon qilgan edi.
“Bu Ukraina va Rossiya tajovuziga qarshi sanksiya emas. Bu Rossiyaning energiyani qurol sifatida ishlatgani va Yevropa davlatlarini shantaj qilgani uchun joriy etilgan qat’iy choradir. Bu taqiq kuchda qoladi”, – degan Yevrokomissiyaning energetika masalalari bo‘yicha vakili Dan Yorgensen.