AsosiyJamiyat

Xonanda Shoira Otabekova avtohalokatga uchradi

Andijon viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa tafsilotlarini ochiqladi.

'Xonanda Shoira Otabekova avtohalokatga uchradi'ning rasmi

19 iyun kuni Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida xonanda Shoira Otabekova yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Voqea soat 12:20 larda Qo‘rg‘ontepa tumani “Xurobod” MFY hududidan o‘tgan D-138 avtomobil yo‘lining 42 kilometrida sodir bo‘lgan. 

 1980 yilda tug‘ilgan haydovchi Shoira Otabekova o‘zining BYD song plus rusumli transport vositasida Xonobod shahar yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida, yo‘l chetidagi chegara sim to‘sig‘iga borib urilgan.

YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, transport vositasi texnik shikastlangan.

Holat yuzasidan hozirda Qo‘rg‘ontepa tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Xonanda o‘z Instagram sahifasi orqali ahvoli yaxshi ekanini ma’lum qilgan.

Men avariyaga uchradim. “Strchniy”ga chiqib siqqan odam qochib ketdi. O‘zimga hech nima bo‘lmadi. Ko‘ramiz endi kim buni tagida turganini”, deb yozgan u.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 19.06.2025 21:34

    'Avtotransportni nogironlarga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi'ning rasmi

    Jamiyat 19.06.2025 17:55

    Avtotransportni nogironlarga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi

    Hukumat qarori bilan ma’muriy reglament tasdiqlandi.

    'Toshkent do‘konlarida qaysi mahsulotlar eng ko‘p arzonlashdi va qimmatlashdi'ning rasmi

    Jamiyat 19.06.2025 17:53

    Toshkent do‘konlarida qaysi mahsulotlar eng ko‘p arzonlashdi va qimmatlashdi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2025 yilning iyun oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.

    'Xorazmda MCHJ 8,6 mlrd so‘mlik “tok”ni o‘mardi'ning rasmi

    Jamiyat 19.06.2025 10:51

    Xorazmda MCHJ 8,6 mlrd so‘mlik “tok”ni o‘mardi

    Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    'Prezident “Oltin bel” cho‘qqisidagi dam olish maskani bilan tanishdi'ning rasmi

    Jamiyat 18.06.2025 22:20

    Prezident “Oltin bel” cho‘qqisidagi dam olish maskani bilan tanishdi

    Xushmanzara tog‘ bag‘ridagi 3 gektar joyda qurilgan ushbu mehmonxonalar ixchamligi va hamyonbopligi bilan ajralib turadi.

    'Bo‘lajak pensionerlarga tavsiyalar'ning rasmi

    Jamiyat 18.06.2025 21:39

    Bo‘lajak pensionerlarga tavsiyalar

    Mutaxassislar barcha yoshlik paytda o‘zining kelgusidagi pensiyasi haqida qayg‘urishi, bu davrga oldindan tayyorgarlik ko‘rishi lozimligini qayd etishmoqda.