AsosiyDunyo

Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi

Bundan tashqari, 250 ming kishi jang maydonida halok bo‘lgan.

'Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi'ning rasmi

NATO hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy yo‘qotishlari bir million kishidan oshgan. Bu haqda Germaniyaning DW nashri NATO sammiti doirasida Gaagada o‘tkazilgan brifingda ittifoqning yuqori martabali rasmiysiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, bu raqamdan kamida 250 ming kishi jang maydonida halok bo‘lgan. NATO vakilining aytishicha, iqtisodiy salohiyat nuqtayi nazaridan Rossiya urushni kamida 2027 yilgacha davom ettira oladi.

NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Gaaagadagi sammit oldidan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan o‘tkazgan brifingda Kiyevga ko‘rsatilayotgan yordam davom etishini bildirgan. Unga ko‘ra, 2024 yilda ittifoqdoshlar Ukraina xavfsizligi uchun 35 milliard yevroga yaqin yordam va’da qilgan.

— Biz qo‘limizdan kelgan barcha choralarni ko‘ramizki, tinchlik o‘rnatilgach, Ukraina shunchalik mustahkam bo‘lsinki, Vladimir Vladimirovich Putin boshqa hech qachon uning bir qarich hududiga ham da’vogarlik qilolmasin, — deydi Ryutte.

Zelenskiy esa o‘z navbatida NATO va Yevropa ittifoqining Ukrainaga nisbatan birdamligi muhim ekanini ta’kidladi.

— Siz bu birlikni Ukraina atrofida ko‘rib turibsiz. Bu birlik bizni kuchaytiradi, bizga qarshilik ko‘rsatishda quvvat beradi, — deydi Ukraina Prezidenti.

    Boshqa yangiliklar