2024 yilda global harorat 1.55°C ga yetdi — bu Parij kelishuvida belgilangan chegaradan yuqori. Vaziyat shunday davom etsa, aholi salomatligi va turmush darajasi hamda mamlakatlar iqtisodiyoti jiddiy xavf ostida qolishi mumkin.
The Lancet jurnalining “Inson salomatligi va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 2024 yil” hisobotiga ko‘ra, global iqlim o‘zgarishi tufayli:
- Har yili 3.33 mln kishi havo ifloslanishi oqibatida barvaqt vafot etmoqda;
- 65 yoshdan oshganlar orasida o‘lim darajasi 167% ga oshgan;
- Daromadlar 835 mlrd dollarga qisqargan.
O‘z vaqtida iqlim o‘zgarishiga moslashishning aniq choralari ko‘rilmasa, mamlakatimiz uchun ham prognoz qilinayotgan ayrim raqamlar xavotirli. Jumladan:
2030 yilga kelib O‘zbekiston iqlim o‘zgarishidan aziyat chekayotgan o‘nta davlat qatoriga kirishi;
2050 yilga kelib mamlakat iqtisodiyoti 10 foizga qisqarishi;
Sug‘orishga ehtiyoj 25% ga ortib, suv zaxiralari esa 40% ga kamayishi mumkin.
Bu raqamlar ushbu yo‘nalishdagi islohotlar va iqlim o‘zgarishlari ta’sirini yumshatish choralarini kechiktirib bo‘lmasligini ko‘rsatadi! “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari mazkur dolzarb mavzuni tahlil qilib, o‘z taklif va tavsiyalarini ilgari surmoqda.