AsosiyDunyo

Tayvan HIMARS raketa tizimi bo‘linmasini ishga tushirdi

Bo‘linma harbiylari o‘tgan yili AQSHda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan.

'Tayvan HIMARS raketa tizimi bo‘linmasini ishga tushirdi'ning rasmi

Tayvan AQSHdan sotib olingan HIMARS yuqori harakatchan raketa tizimlari asosida yangi harbiy bo‘linmani ishga tushirdi. Rasmiy ochilish marosimi 4 iyul kuni Armiyaning 58-artilleriya qo‘mondonligida bo‘lib o‘tdi. Unda mudofaa vaziri Vellington Koo ishtirok etdi, deya yozmoqda "zamon.uz"

Umumiy hisobda Tayvan 29 ta HIMARS tizimini buyurtma qilgan bo‘lib, ularning 11 tasi o‘tgan yili yetkazib berilgan. Ushbu tizimlar 227 mm kalibrli olti raketani yoki bitta taktik raketani uchirish imkoniga ega. Vaziri Koo bu texnika orqaligina mamlakatning mudofaa qudrati va raketa zarbalarining aniqligi oshishini ta’kidladi.

Bo‘linma harbiylari o‘tgan yili AQSHda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan. Ular raketa tizimlarini yig‘ish, o‘q-dorilarni boshqarish va mobil uchirish vositalaridan foydalanish bo‘yicha tajriba orttirgan.

Koo so‘zlariga ko‘ra, ushbu yangi HIMARS bo‘linmasi yaqinda o‘tkazilgan tekshiruvda ijobiy baho olgan. U, shuningdek, bu bo‘linmaning iyul oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan Han Kuang 41 harbiy mashg‘ulotlarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishiga umid bildirdi.

    Boshqa yangiliklar