Sirdaryo viloyatida o‘z keliniga shahvoniy harakat qilgan 62 yoshli qaynota ma’muriy tartibda jazolandi.
Ma’lum qilinishicha, erkak xotini bilan kelisholmagani sababli so‘nggi 9 oy davomida kelini bilan bir uyda yashagan. Uning o‘g‘li esa Rossiyada mehnat qilayotgan bo‘lgan.
Sudda qaynota kelini bilan o‘rtasidagi munosabatlarga oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra, kelini undan tilla olib berish evaziga o‘pishni so‘ragan. Qaynota rozi bo‘lib, ushbu holat bir necha marta takrorlangan. Ular birgalikda Jizzaxga borib, tilla xarid qilgani ham ma’lum bo‘ldi.
Kelinning bayonotiga ko‘ra, qaynotasi uni oshxona va zalda o‘pib quchoqlagan. U qarshilik qilgan bo‘lsa-da, qaynotasi bu harakatlarini to‘xtatmagan. Shu paytda kelin voqeani videoga olgan va aynan shu sababli keyingi harakatlarga qarshilik ko‘rsatmaganini aytgan.
Sud muhokamasida ayblanuvchi ushbu holat yana takrorlanmasligini, jinsiy aloqa bo‘lmaganini va yengillik berilishini so‘ragan.
Sardoba tuman sudi tomonidan 62 yoshli erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi asosida aybdor deb topildi va unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.