Italiyaning "Roma" klubi futbolchisi o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Turkiya klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Shomurodov "Istanbul Bashakshexir"ga 2,7 mln yevroga sotib olish huquqi bilan 3 mln yevroga ijara asosida ko‘chib o‘tgan. Eldor Shomurodov "Istanbul Bashakshexir" bilan 1+1 ko‘rinishida shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, ijara muddati 2025-2026-yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan bo‘lib, unda futbolchining huquqlarini to‘liq sotib olish imkoniyati mavjud.
Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida Eldor Shomurodov nima sababdan "Roma" ketganiga izoh berdi.
“Eldor Shomurodov Turkiyaning “Bashakshehir” jamoasiga o‘tibdi. “Roma”da ko‘p zaxirada qolgandan ko‘ra, doimiy o‘yin amaliyoti bo‘lgani biz uchun foyda. Omadini bersin!”, deya yozadi u.
Ma’lumot uchun, Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov 2022 yilning 9 oyi davomida terma jamoalar miqyosida eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘lib turgan edi. Hujumchi ushbu davrda O‘zbekiston terma jamoasi safida 9 ta gol urgan.