AsosiyJinoyat

Toshkent viloyatida ikki fuqaro tomonidan noqonuniy diniy ta’lim tashkil etilgani aniqlandi

Holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi.

'Toshkent viloyatida ikki fuqaro tomonidan noqonuniy diniy ta’lim tashkil etilgani aniqlandi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlarida diniy saboq berish faoliyati qonunga xilof tarzda amalga oshirilgani fosh etildi. Bu haqda DXX Darakchi.uz’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 21 yoshli fuqaro Zangiota tumanidagi uylardan birida 31 nafar voyaga yetmagan bolaga, 43 yoshli boshqa bir fuqaro esa Toshkent tumanidagi xonadonda 12 nafar bolaga diniy ta’lim bergan.

Tegishli hujjatlarsiz olib borilgan ushbu faoliyat mavjud qonunchilik talablariga zid bo‘lib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘xtatilgan.

Mazkur shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi. Shuningdek, farzandlarining ta’limi va tarbiyasiga befarq bo‘lgan ota-onalar ham javobgarlikka tortildi.

    Boshqa yangiliklar