AZAL aviakompaniyasiga qarashli Embraer 190 samolyotiga raketa zarbasi berilgan paytda navbatchilik qilgan rossiyalik harbiylar aniqlangani haqida Minval Politika yozmoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, bu vaqtda PVOning 51-diviziyasi shturmani kapitan Dmitriy Pudovkin, Janubiy harbiy okrug shtabi navbatchisi podpolkovnik Vladimir Yanovskiy va 4-gvardiya havo-desant qo‘shinlari qo‘mondonlik punkti navbatchisi polkovnik Gennadiy Eremenko xizmatda bo‘lgan.
22 iyul kuni Minval general-mayor Aleksandr Tolopilo “noma’lum havo nishoni”ga zarba berish buyrug‘ini berganini yozdi. Uning buyrug‘i podpolkovnik Nikolay Orlyanskiy orqali Pudovkinga yetkazilgan.
2024 yil 25 dekabrda Boku–Grozni reysi J28243 samolyoti Orol dengizi yaqinida, Qozog‘istonning Aktau shahri yonida majburiy qo‘nishda qulagan va 38 kishi halok bo‘lgan edi. Qozog‘iston Transport vazirligining hisobotida samolyot “tashqi obyektlar” ta’sirida zarar ko‘rgani aytilgan.
Voqea Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasida diplomatik inqirozga olib kelgan. Prezident Ilhom Aliyev 19 iyul kuni Boku xalqaro sudga da’vo tayyorlayotganini bildirgan.