AsosiyDunyo

Turkiyada neft qudug‘ida yirik yong‘in yuz berdi

Hodisa ortidan 8 kishi jabrlangan.

'Turkiyada neft qudug‘ida yirik yong‘in yuz berdi'ning rasmi

Turkiyaning Diyorbakir viloyatida joylashgan “Uchtepa-1" neft qudug‘ida yirik yong‘in yuz berdi. Bu haqda CNN turk ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yong‘inni bartaraf etish uchun 112 ta tez tibbiy yordam, yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan. Yong‘in oqibatida 8 kishi jabrlangan.

Hodisadan aziyat chekkanlar yaradorlar tez yordam mashinasida shahardagi shifoxonalarga yetkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea joyida xizmat olib borayotgan xodimlar neft vannasini yopib, yong‘in avj olishining oldini olgan.

    Boshqa yangiliklar