AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda tug‘ilish kamayib, o‘lim holati ko‘payishda davom etmoqda

Tug‘ilgan chaqaloqlar soni 2024 yil mos davridagidan 14,4 ming nafarga kamaygan.

'O‘zbekistonda tug‘ilish kamayib, o‘lim holati ko‘payishda davom etmoqda'ning rasmi

Joriy yilning I yarmida respublikada tug‘ilgan chaqaloqlar soni 2024 yil mos davridagidan 14,4 ming nafarga kamaydi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

2025 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 37 million 860 ming kishiga yetdi. Mazkur ko‘rsatkich 2024 yil iyulidagiga nisbatan 2 foizga ko‘p. Yarim yil davomida aholi sonining tabiiy o‘sishi 321,4 ming kishiga teng bo‘ldi.

Eng ko‘p aholi Samarqand (4,3 mln kishi) va Farg‘ona (4,2 mln kishi) viloyatlarida yashamoqda. Eng kam aholi esa Sirdaryo viloyatida — 938,5 ming kishi.

O‘zbekistonda 2025 yil yanvar iyun oylarida 405,5 ming chaqaloq tug‘ildi. Shundan 209,6 ming nafari o‘g‘il (51,7 foiz), 195,9 ming nafari (48,3 foiz) qiz bolalar. Shahar joylarida 197,8 ming, qishloqlarda 207,7 ming chaqaloq dunyoga kelgan.

Joriy tug‘ilishlar soni 2024 yil mos davriga nisbatan 14,4 ming nafarga, 2023 yil I yarmiga qaraganda 29,1 ming nafarga kamaygan.

Olti oy davomida mamlakatda vafot etganlar soni 84,1 ming kishini tashkil etgan. Shundan erkaklar 46,2 ming kishi (54,9 foiz), ayollar 37,9 ming kishi (45,1 foiz) bo‘lgan. Olamdan o‘tganlarning 45,6 ming nafari shaharlarda (54,2 foiz), 38,5 ming nafari qishloqlarda (45,8 foiz) yashagan.

Umuman olganda, o‘limlar soni 2024 yil iyul oyidagidan 2,7 mingtaga, 2023 yil mos davridagidan 4,4 mingtaga ko‘paygan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'ChatGPT oʻz foydalanuvchilaridan pasport talab qila boshladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:06

    ChatGPT oʻz foydalanuvchilaridan pasport talab qila boshladi

    Agar servis foydalanuvchi 18 yoshga to'lmaganiga shubha qilsa, undan shaxsiy ma'lumotlarni pasport orqali tasdiqlashni so'raydi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:35

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:29

    '"Neftech" muxlisi IIV xodimlari tomonidan kaltaklanganmi rostmi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:38

    "Neftech" muxlisi IIV xodimlari tomonidan kaltaklanganmi rostmi?

    Farg'ona viloyati IIBB rasmiy ma'lumot berdi.

    'Oʻzbekiston terrorizm havfi boʻyicha eng havfsiz davlatlar qatorida eʼtirof etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:35

    Oʻzbekiston terrorizm havfi boʻyicha eng havfsiz davlatlar qatorida eʼtirof etildi

    "Global terrorizm indeksi"ga ko'ra, O'zbekiston 90-pog'onani egalladi.

    'Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:12

    Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi

    Hodisa kecha tunda Yashnobod tumanida sodir bo'lgan.