AsosiyJinoyat

“Tavhid va jihod katibasi” tarafdori 8,5 yilga qamaldi

Fuqaro terrorchilik guruhi a’zolari bilan aloqa o‘rnatib, qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etish maqsadida jihod qilishni rejalashtirgan.

'“Tavhid va jihod katibasi” tarafdori 8,5 yilga qamaldi'ning rasmi

1997 yilda tug‘ilgan andijonlik fuqaro terrorchilik g‘oyalarini targ‘ib qilgani, jinoiy moliyalashtirishda ishtirok etgani va xorijiy jangarilar safida jihod qilmoqchi bo‘lgani uchun ozodlikdan mahrum etildi.

Andijon tumanida yashovchi fuqaro 2023 yildan boshlab “Tavhid va jihod katibasi” XTT (xalqaro terroristik tashkilot) media targ‘ibotchilari ta’siriga tushgan.

U tashkilotning diniy aqidaparastlik, hijrat va jihod haqidagi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib kelgan.

Fuqaro terrorchilik guruhi a’zolari bilan aloqa o‘rnatib, qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etish maqsadida jihod qilishni rejalashtirgan.

Shuningdek, 2023–2024 yillarda kriptovalyuta va bank kartalari orqali 2912 AQSH dollari hamda 4,19 million so‘m mablag‘ni XTT a’zolariga jo‘natgan.

U ikki marotaba Turkiya orqali Suriyaga o‘tishga urinib, natija chiqmagach, Afg‘onistondagi “Islom jihodi ittihodi” terror tashkilotiga qo‘shilishni maqsad qilgan. Ammo 2024 yil noyabr oyida Eron orqali o‘tish paytida ushlanib, qo‘lga olingan.

Andijon tumani sudi tomonidan u Jinoyat kodeksining 155-2, 155-3, 244-1 va 244-2-moddalari bilan aybdor deb topilib, 8 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

    Boshqa yangiliklar