AsosiyJinoyat

Andijonda MIB xodimlari qarzni undirish uchun qiz bola roliga kirdi

Alimentchi bugun, 1 avgust kuni “uchrashuv”ga kelgan vaqtida qo‘lga olingan.

'Andijonda MIB xodimlari qarzni undirish uchun qiz bola roliga kirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda MIB xodimlari 1 yildan buyon voyaga yetmagan farzandi uchun aliment to‘lashdan bosh tortib kelayotgan otadan pulni undirish maqsadida qiz bola rolini o‘ynab, “maxsus uchrashuv” tashkil qilgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Ma’lum qilinishicha, Shahrixon tumanida yashovchi qidiruvdagi erkak 1 yildan buyon voyaga yetmagan farzandini boqishdan bo‘yin tovlab kelgan. Uning qarzi 31 million so‘mga yetgan.

Qarzni undirish maqsadida MIB xodimlari qiz bola nomidan Telegramda u bilan romantik yozishmalar yozishgan hamda qarzdorni “uchrashuv”ga taklif qilgan. Alimentchi bugun, 1-avgust kuni kafega kelgan vaqtida MIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

    Boshqa yangiliklar