AsosiyJamiyat

Shurchidagi savdo markazida yong‘in: tunda boshlangan olov tongda to‘liq bartaraf etildi

Olov muassasasining birinchi va ikkinchi qavatlarini qamrab olgan.

'Shurchidagi savdo markazida yong‘in: tunda boshlangan olov tongda to‘liq bartaraf etildi'ning rasmi

Bugun, 4 avgust kuni soat 03:02 da Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani, Bobotog‘ mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan uch qavatli savdo markazida yong‘in sodir bo‘lgan.

Olov muassasaning birinchi va ikkinchi qavatlarini qamrab olgan.

Hodisa haqidagi xabar Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushganidan so‘ng, soat 03:15 da yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga etib borgan.

Tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 05:10 da o‘rab olingan va uzoq kurashdan so‘ng, soat 07:30 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘inni so‘ndirish ishlariga jami 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta suv tashuvchi texnika jalb etilgan. Hozirgacha olovdan tan jarohati olganlar yoki halok bo‘lganlar haqida ma’lumot qayd etilmadi.

Hodisa yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Yong‘in keltirib chiqargan ehtimoliy sabablar aniqlnmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Mirziyoyev Turkmanistonga nima uchun ketti?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:45

    Mirziyoyev Turkmanistonga nima uchun ketti?

    Turkmanistonda Shavkat Mirziyoyev BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasida ishtirok etadi.

    'Yaman sohillarida muhojirlar fojiasi: kamida 68 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:29

    'Qirgʻizistonga oʻtuvchi yuk avtomobillari uchun navbatlar yuzaga kelishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 03.08.2025 16:43

    Qirgʻizistonga oʻtuvchi yuk avtomobillari uchun navbatlar yuzaga kelishi mumkin

    Bu haqda O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

    'Namangan va Sirdaryoda gaz va "svet"dan o‘g‘rincha foydalanganlar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 03.08.2025 12:55

    Namangan va Sirdaryoda gaz va "svet"dan o‘g‘rincha foydalanganlar ushlandi

    Uchqo‘rg‘ondagi umumiy ovqatlanish shoxobchasi 1,6 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan, Sayxunobod tumanidagi MChJ esa 1,6 mlrd so‘mlik elekt energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 03.08.2025 11:44

    'Andijonda o‘qituvchilar maktab ta’mirlashga jalb qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 03.08.2025 10:40