Bildirilishicha, ayrim avtomaktablar Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Sotsialistik ayollar ittifoqi tavsiyasi asosida qizlarni o‘qishga qabul qilishni boshlagan. Bu paytgacha ayollar yo‘l harakatini tartibga solish huquqiga ega bo‘lislar-da, avtomobil boshqarishlari taqiqlangan edi. Hozircha haydovchilik guvohnomasini olishga ruxsat berilganligi haqida bayonotlar e’lon qilinmagan.
Bu birinchi erkinlashtirish harakati emas. Kim Chen IN Hokimiyat tepasiga kelganidan keyin u ayollar velosipedda yurishiga ta’qibini bekor qilgan edi. Janubiy Koreya OAVlarining xabar berishicha, Shimoliy Koreya rahbariyati ayollarning shamolda hilpiraydigan yubkasi sababli velosipedda yurishlarini nomaqbul deb hisoblagan.
Shimoliy Koreya rasmiylari o‘zgarishlarga hali izoh bermagan. Ammo kuzatuvchilar ayollarga avtomaktablarda o‘qish imkoniyati berilishini mamlakatdagi o‘zgarishlar bo‘layotganidan darak sifatida baholamoqda.