So‘nggi yillarda Rossiyada mehnat qilayotgan ayrim fuqarolarimiz “A.U.E” deb nomlangan jinoyiy harakat ta’siriga tushmoqda. Bu nafaqat erkinlikdan mahrum qilish, balki mamlakat imijiga ham jiddiy putur yetkazmoqda.
Rossiyada ekstremistik deb topilgan “A.U.E” harakati qamoqxona madaniyatini targ‘ib qiladi. Uning safariga yoshlar va muhojirlar asosan ijtimoiy tarmoqlar orqali jalb etiladi.
Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, bu harakatda ishtirok etish 6 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. O‘zbekiston fuqarolari orasida ham unga aloqadorlik holatlari qayd etilgan.
Mutasaddi(lar) ota-onalar va muhojirlarni ogoh bo‘lishga, farzandlar va yaqinlar muhitiga e’tibor qaratishga chaqirmoqda.