AsosiyJinoyat

Poytaxtda "hojatbaror" soxta DXX xodimi ming dollar pora bilan qo‘lga olindi

U oʻzini Davlat xavfsizlik xodimi sifatida tanishtirib, korxona rahbaridan 1000 dollar olgan.

'Poytaxtda "hojatbaror" soxta DXX xodimi ming dollar pora bilan qo‘lga olindi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, Namangan shahrida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zini go‘yoki DXX xodimi deb tanishtirgan. U Namangan viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan xususiy korxona nomiga olib kelingan tovarlarni Bojxona qo‘mitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali hech qanday muammosiz bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda yordam berishini aytgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu “hojatbaror” fuqaro korxona rahbaridan firibgarlik yo‘li bilan har bir yuk partiyasi uchun 500 AQSH dollaridan jami 1000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olgan vaqtida ushlangan. Ushbu shaxs korxonaga xorijdan import qilinayotgan avto ehtiyot qismlarini bojxona rasmiylashtiruvidan tezlashtirib chiqarib berayotganini aytib, korxona rahbaridan muqaddam 1000 AQSH dollari olgan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar