AsosiyDunyo

Xitoyda yangi virus avj olishi bilan AQSh o‘z fuqarolarini hushyorlikka chaqirdi

Ushbu virus odatda isitma va kuchli bo‘g‘im og‘rig‘iga sabab bo‘ladi.

'Xitoyda yangi virus avj olishi bilan AQSh o‘z fuqarolarini hushyorlikka chaqirdi'ning rasmi

Xitoyda chivin orqali yuqadigan kasallik avj olmoqda. Bemorlar soni 7 mingga yetgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, eng ko'p kasallik qayd etilgan hudud Foshan shahri bo'lib, virus odatda isitma va ku'chli bo'g'im og'rig'iga sabab bo'ladi. 

So'nggi haftada mamlakatda deyarli 3 mingta yangi holat aniqlandi. Virus infektsiyalangan odamni chaqqan chivin orqali tarqaladi. Shunga qaramay, Xitoyda bu virus yuqumli emasligi haqida rasmiy bayonot berilgan. 

Kasallarning 95 foizi bir hafta ichida sog'ayib ketmoqda. Ammo kasallik haqidagi ma'lumotning kamligi odamlar orasida havotir keltirib chiqargan.

“Bu juda qo'rqinchli. Uzoq davom etadigan og'riqlar juda azobli bo'lsa kerak”, deb yozgan internet foydalanuvchilaridan biri.

Qo'shni Gonkongda 12 yoshli bolada Foshan shahri safaridan qaytgach isitma, toshma va bo'g'im og'rig'i belgilarini namoyon qilgan.

Bu orada AQSh o'z fuqarolarini Xitoyga safar qilishda hushyorlikka chaqirmoqda. Hukumat virus tarqalishini cheklash uchun COVID-19 pandemiyasidagi qat'iy choraklarni qo'llamoqda.

    Boshqa yangiliklar