Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 26 iyun kuni, Andijon shahrida yashovchi 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro S.J. dorixonaga mast holatda kelgan.
Shundan so‘ng u shu yerdagi 2011 yilda tug‘ilgan M.K. bilan avval suhbatlashmoqchi bo‘lib gapirgan, so‘ng bolani haqorat qilgan va uning yuziga kafti bilan urgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Jumladan, voyaga yetmagan M.K.ga etkazilgan tan jarohati yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Hozirda S.J.ga nisbatan tegishli tartibda qonuniy choralar ko‘rish jarayoni ketmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon shahrida 17 yoshli kiyim do‘koni sotuvchisi nasiyaga ko‘ylak bermagani uchun 2 nafar o‘smir yigitlar tomonidan kaltaklangan.