AQSh prezidenti Donald Trumpning fikricha, Rossiya rahbari Vladimir Putin Ukraynadagi harbiy harakatlarni neft narxi pasayganda to‘xtatishga majbur bo‘ladi.
“Agar energiya narxlari etarlicha tushsa, Putin odam o‘ldirishni bas qiladi. Neft yana 10 dollarga arzonlashsa, u boshqa yo‘l tanlay olmaydi – Rossiya iqtisodiyoti dahshatli ahvolda”, – deydi Trump CNBC efirida.
Ma’lumot uchun, so‘nggi haftada neft narxi 7 foizdan ko‘proqqa tushdi. Bunga OPEC+ davlatlarining qazib olish hajmini oshirgani hamda AQSh va Xitoydagi iqtisodiy pasayish sabab bo‘lmoqda.
Ayni paytda Brent neftining bir barrel narxi 68 dollar atrofida. Bu 2021 yildan beri eng past ko‘rsatkichlardan biridir.