AsosiyDunyo

Trump Putin va Zelenskiy bilan tez orada uchrashishi mumkinligini aytdi

Muzokaralar joyi nomaʼlum, ammo ikki hafta ichida boʻlib oʻtishi mumkin.

'Trump Putin va Zelenskiy bilan tez orada uchrashishi mumkinligini aytdi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Trump Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv ehtimolini “yaxshi” deb baholadi.

Trump matbuot anjumanida bu uchrashuv “juda yaqin orada bo‘lib o‘tishi mumkinligini” bildirdi.

CNN manbalariga ko‘ra, Putin yaqinda AQShning maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashuv chog‘ida Trump bilan muzokara o‘tkazishga tayyor ekanini bildirgan. Shu zahoti Vashingtonda uchrashuvga tayyorgarlik ishlari boshlangan.

Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livittning so‘zlariga ko‘ra, Trump Putin bilan ham, Zelenskiy bilan ham uchrashishga ochiq. “Trump bu shafqatsiz urush yakunlanishini xohlaydi”, – dedi u.

Muzokaralar keyingi ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin, ammo hozircha joyi noma’lum. Trump shuningdek, Rossiyaning savdo hamkorlariga nisbatan ikki lamchi sanktsiyalar kiritilishi ehtimolini ham inkor etmadi.

    Boshqa yangiliklar