Rossiya Taʼlim vazirligi chet ellik mehnat migrantlarining bolalari uchun maktab taʼlimini pullik qilish taklifiga qarshi chiqdi. Bu haqda vazirlikning Davlat umumiy taʼlim siyosati va maktabgacha taʼlimni rivojlantirish boʻyicha departamenti rahbari Aleksandr Reut maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, Rossiya Konstitutsiyasiga binoan mamakat hududida yashayotgan barcha shaxslar, shu jumladan xorijliklar ham taʼlim olish huquqiga ega. U bu huquq umumiy va ajratilmagan huquq ekanini eslatib oʻtgan.
Maʼlumot uchun, Rossiya Davlat dumasi ijtimoiy siyosat boʻyicha qoʻmitasi rahbari Yaroslav Nilov xorijliklarning farzandlarini bepul oʻqitishni taqiqlovchi qonun loyihasini taklif qilgan edi.