AsosiyDunyo

AQShdagi ICE markazida Xitoy fuqarosi o‘zini osib o‘ldirdi

U Qo‘shma Shtatlarning immigratsiya va bojxona nazorati xizmatida atigi 5 kun o‘tirgan.

'AQShdagi ICE markazida Xitoy fuqarosi o‘zini osib o‘ldirdi'ning rasmi

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Pensilvaniya shtatida joylashgan "Moshannon Valley Processing Center" muassasasida Xitoy fuqarosi Chaofeng Ge oʻlik holda topildi. Bu haqda "ABC news" maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, xitoylik mahbus AQShning immigratsiya va bojxona nazorati xizmati – ICE tomonidan hibsga olingan va atigi 5 kun muqaddam shu markazga joylashtirilgan.

32 yoshli Ge dushxonada boʻyin qismidan osilgan holatda aniqlandi. Tergov davomida voqea joyidan yozilgan xat topilgan va hech qanday jinoyat izlari aniqlanmagan. Mutasaddilar bu holatni oʻz joniga qasd deb baholamoqda.

Maʼlumot uchun, Chaofeng Ge yanvar oyida kredit karta firibgarligida gumon qilinib, politsiya tomonidan hibsga olingan. U jinoyatni tan olgan va 6 oydan 12 oygacha ozodlikdan mahrum etilgan.

Ammo sud hukmi chiqarilgan zahoti ICE konteyneri asosida u immigratsiya markaziga topshirilgan.

ICE matbuot xizmati hodisaga munosabat bildirib, hibsdagi shaxslar uchun tibbiy va ruhiy salomatlik tekshiruvlari oʻz vaqtida oʻtkazilishini taʼkidladi. AQSh Ichki xavfsizlik departamenti (DHS) esa bunday oʻlim holatlari jiddiy nazorat ostida oʻrganilishini aytdi.

Mazkur voqea ICE markazlarida muhojirlar bilan qanday munosabatda boʻlinayotgani, u yerda ruhiy salomatlikga qanchalik eʼtibor qaratilayotgani borasida yana bir bor savollarni oʻrtaga chiqarmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Peruda qo‘lga olingan firibgar O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:37

    Peruda qo‘lga olingan firibgar O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    Ekstraditsiya qilingan shaxs keyingi protsessual harakatlarni o‘tkazish va qonunchilikka muvofiq jinoyiy javobgarlikka tortish maqsadida O‘zbekistonga olib kelingan.

    'Hormuz bo‘g‘ozidagi taranglik neft narxlarini oshirdi'ning rasmi

    Dunyo 05.05.2026 06:28

    Hormuz bo‘g‘ozidagi taranglik neft narxlarini oshirdi

    Narxlarning o‘sishi AQSh harbiylari Eronga tegishli bir nechta qayiqlarni yo‘q qilganini ma’lum qilganidan so‘ng kuzatildi.

    'Eron AQShni Hormuzda “kemalar qabristoni” bilan tahdid qildi'ning rasmi

    Dunyo 04.05.2026 06:31

    Eron AQShni Hormuzda “kemalar qabristoni” bilan tahdid qildi

    Hozirda Hormuz bo‘g‘ozida vaziyat tarangligicha qolmoqda — savdo kemalari harakati keskin kamaygani qayd etilmoqda.

    'To‘qayev Lukashenko va Putinga minnatdorlik bildirdi'ning rasmi

    Dunyo 03.05.2026 13:51

    To‘qayev Lukashenko va Putinga minnatdorlik bildirdi

    Qozog‘iston Prezidenti Polshada hibsda bo‘lgan diplomat Anuar Bakibay ozod etilgani ortidan Aleksandr Lukashenko va Vladimir Putinga minnatdorchilik izhor qildi.

    'AQSh Yaqin Sharqqa qurol sotishni tezlashtirdi'ning rasmi

    Dunyo 03.05.2026 08:23

    AQSh Yaqin Sharqqa qurol sotishni tezlashtirdi

    AQSh Yaqin Sharqdagi ittifoqchilariga 8,6 milliard dollarlik qurol-yarog‘ sotilishini Kongresssiz ma’qulladi.

    'Yaman qirg‘oqlarida neft tankeri o‘g‘irlab ketildi'ning rasmi

    Dunyo 03.05.2026 05:08

    Yaman qirg‘oqlarida neft tankeri o‘g‘irlab ketildi

    Somali qaroqchilari Yaman sohilida neft tankerini qo‘lga kiritdi.