AsosiyDunyo

Putin va Mirziyoyev telefon orqali suhbatlashdi

Ikkki davlat yetakchisi xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan suhbat olib borgan.

'Putin va Mirziyoyev telefon orqali suhbatlashdi'ning rasmi

Bugun, 8 avgust kuni  Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

Qayd etilishicha, ikki tomonlama va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar koʻrib chiqilgan.

 

Rossiya Prezidenti 6 avgust kuni Moskva shahrida AQSh Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan oʻtkazilgan muzokaralarning asosiy natijalari haqida maʼlum qildi.

 

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.

 

Oʻzaro tovar ayirboshash va investitsiya koʻrsatkichlarining oʻsish surʼatini taʼminlash, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish, hududlar darajasida sermahsul aloqalar, ishbilaromonlik va gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari kelajakdagi uchrashuv va tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqdilar.

    Boshqa yangiliklar