AsosiyDunyo

Sochida dron hujumlari sababli turistlar plyajlardan evakuatsiya qilindi

Aeroportda reyslar kechikmoqda, Psou chegara posti yopildi.

'Sochida dron hujumlari sababli turistlar plyajlardan evakuatsiya qilindi'ning rasmi

Rossiyaning Sochi shahrida dron hujumlari xavfi tufayli plyajlardagi turistlar shoshilinch tarzda xavfsiz hududlarga chiqarilmoqda. Shahar meri Andrey Proshuninning ma'lum qilishicha, aholigaga derazasiz joylarda qolish va tashqariga chiqmaslik tavsiya etilgan.

Maktablar, plyajlar va ochiq basseynlar boʻshatilmoqda, jumladan, "Sirius" hududidagi Olimpiya ob'ektlari atrofidagi dam oluvchilar ham evakuatsiya qilingan.

Sochi aeroportida esa samolyotlar parvoz va qabulida cheklovlar joriy etilib, o‘nlab reyslar kechiktirilmoqda. Shuningdek, Abxaziya bilan chegaradagi "Psoy" nazorat-o‘tkazuv punkti ham vaqtincha yopilgan.

Hukumat fuqarolardan PVO harakatlari yoki dron qoldiqlari tushayotgan videolarni suratga olishdan tiyilishni so‘radi.

    Boshqa yangiliklar