AsosiyJamiyat

Toshkentda bankomat o‘g‘rilari qo‘lga tushdi

Bankomatni o‘g‘irlashga uringan 3 nafar "shovvoz"ga nisbatan jinoyat ishi ko‘zgatilgan.

'Toshkentda bankomat o‘g‘rilari qo‘lga tushdi'ning rasmi

Joriy yilning 3 avgust kuni soat 23.50 larda Uchtepa tumani IIO FMB navbatchilik qismiga tumandagi “Xurshid” mahalla fuqarolar yig‘ini Beshqayrag‘och ko‘chasiga o‘rnatilgan Paynet bankomatini o‘g‘irlashga urinish bo‘lganligi haqida xabar kelib tushdi, deya yozmoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, voqea joyiga etib borgan tezkor-qidiruv xodimlarining surishtiruv ishlarini puxta va to‘g‘ri tashkil qilgani bois uch nafar gumonlanuvchi: A.Shahzod, T.Farruh, Z.Zabihullalar ushlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, uchovlon qo‘lqoplar, yuzlarini yashirish uchun bosh kiyimlar kiyib, kulrang Tracker avtomashinasining davlat raqamlarini echib olgan holda harakatlanishgan. Voqea joyida bankomatni ko‘tarib mashina yukxonasiga joylashtirishga uringanda uni og‘irligidan tushirib yuborishadi. Taraqlab tushgan bankomat ovozlari fuqarolarning e’tiborini tortganidan shubhalanib, ular shikast yetgan bankomatni tashlab voqea joyidan qochib ketishgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-modda orqali 169-moddasi (O‘g‘irlik qilishga suiqasd) bilan jinoyat ishi ko‘zgatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar