Intellektual mulk yangiliklari bergan xabarga ko‘ra, “F.T.” MChJ Uzum tezkor MChJga tegishli bo‘lgan “Uzum tezkor” va “Uzum food” tovar belgisiga o‘xshash “Uzum” ko‘rinishidagi belgidan umumiy ovqatlanish sohasida noqonuniy foydalanilayotganligi aniqlandi.
Uzum tezkor MChJ huquqbuzardan tovon puli undirishni so‘rab sudga murojaat qildi va sudning qarori bilan “F.T.” MChJdan 75 mln so‘m tovon puli, davlat bojlarini va boshqa xarajatlarni hisoblaganda jami 94 mln so‘m undirilishi belgilandi.
“Hurmatli tadbirkorlar! O‘z brendingizni ro‘yxatdan o‘tkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefon orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pocht manzili orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.