AsosiyBu qiziq

TikTok va Instagramdagi qisqa videolar miyaga zararli?

Mutaxassislar ekran oldida o‘tkaziladigan vaqtni cheklash, tanaffuslar qilish, onlayn faollikni rangbarang qilishni maslahat bermoqda.

'TikTok va Instagramdagi qisqa videolar miyaga zararli?'ning rasmi

Tadqiqotchilar, TikTok va Instagramdagi qisqa videolarga haddan ortiq berilib ketish miyaning ishlashini ham salbiy tomonga o‘zgartirishini aniqlandi. Bu haqda "NeuroImage" jurnalida e’lon qilindi.

Bildirilishicha, qisqa videolarni faol tomosha qiladigan insonlarda miyaning "mukofot" tizimi – spirtli ichimlik iste’molida yoki qimor o‘yinlarida faollashadigan neyron zanjirlar kuchayadi. Ya’ni, miya "dopaminga haddan tashqari to‘yintiriladi" va oddiy zavq manbalariga yomonroq javob qaytara boshlaydi.

Oqibatda, bu qaramlikni keltirib chiqaradi va qondirilish uchun tobora kuchliroq stimul kerak bo‘ladi. Miyaning qaror qabul qilish va diqqat markazlashuviga javobgar prefrontal qobi‘i zarar ko‘radi.

Neyrobiologlarning aytishicha, bu kabi o‘zgarishlar spirtli ichimliklarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish ortidan kuzatiladigan kognitiv buzilishlarga o‘xshaydi.

Tadqiqotchilar kechasi TikTok yoki Reels tomosha qilish xavfiga alohida e’tibor qaratmoqda. Ekranning yorqin nuri va hissiy jihatdan kuchli kontent sirkadiy ritmini (inson organizmidagi 24 soatlik biologik vaqt) buzadi, melatonin ishlab chiqilishini sekinlashtiradi va organizmni uyqu bosqichiga o‘tishiga xalaqit beradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSh dollarining rasmiy kursi tushdi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 16:22

    AQSh dollarining rasmiy kursi tushdi

    Markaziy bank dollar, yevro va rublning o‘zbek so‘miga nisbatan amaldagi qiyomatini e’lon qildi.

    'Hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 02:37

    Hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?

    Respublikaning ayrim hududlarida harorat 40 darajagacha issiq bo‘ladi.

    'AQShda sun'iy intellekt yordamida antibiotik yaratildi'ning rasmi

    Bu qiziq 15.08.2025 19:13

    AQShda sun'iy intellekt yordamida antibiotik yaratildi

    Olimlar preparat hali klinik sinovlarga tayyor emasligini, ularni takomillashtirish uchun yana 1–2 yil kerak bo‘lishini ta’kidlagan.

    ''ning rasmi

    Bu qiziq 15.08.2025 16:48

    'Bugun qanday ob-havo bo‘ladi?'ning rasmi

    Bu qiziq 15.08.2025 07:28

    Bugun qanday ob-havo bo‘ladi?

    Respublikaning ayrim hududlarida harorat 40 daraja issiq bo‘ladi.

    'Dollar kursi yangilandi'ning rasmi

    Bu qiziq 14.08.2025 16:46

    Dollar kursi yangilandi

    Ketma-ket pastlashdan soʻng dollarning kursi koʻtarildi.