AsosiyJinoyat

Surxondaryo va Farg‘onada mansabdorlar qo‘lga olindi

Suv va elektr tizimida pora evaziga noqonuniy xizmat ko‘rsatganlar fosh etildi.

'Surxondaryo va Farg‘onada mansabdorlar qo‘lga olindi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Oltinsoy tuman bo‘limi rahbari va tuman suv ta’minoti muhandisi 5 million so‘m evaziga qarzdor fermer xo‘jaligini elektr tarmog‘iga qayta ulab berishga kelishgan.

Farg‘onada esa O‘zbekiston tumani Xalq qabulxonasi xodimi 1965 yilda tug‘ilgan fuqaroning kredit qarzdorligi bilan bog‘liq ijro hujjatini tanishlari orqali yo‘q qilib berish evaziga pora olgan.

Har ikki holatda ham DXX, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va boshqa idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda gumondorlar pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmog‘da.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent viloyatida to‘ydan uch kun o‘tib kelinning jasadi topildi'ning rasmi

    Jinoyat Bugun 10:08

    Toshkent viloyatida to‘ydan uch kun o‘tib kelinning jasadi topildi

    Prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi, marhumaning onasi adolat talab qilmoqda.

    'Latviyaga ishga joʻnatish bahonasida fuqarolar aldan'ning rasmi

    Jinoyat 20.08.2025 12:44

    Latviyaga ishga joʻnatish bahonasida fuqarolar aldan

    Andijon va Toshkent viloyatida ikki nafar shaxs xorijda ish uyushtirishga va'da berib, fuqarolardan yirik miqdorda pul olmoqchi bo'lganida qo'lga tushdi.

    'Surxondaryo va Fargʻonada qariyb 80 kg giyohvandlik vositalari toʻxtatib qolindi'ning rasmi

    Jinoyat 20.08.2025 08:36

    Surxondaryo va Fargʻonada qariyb 80 kg giyohvandlik vositalari toʻxtatib qolindi

    Ўзбекистонга Россия, Тожикистон ва Афғонистондан ноқонуний йўл билан киритилган қарийб 80 кг гиёҳвандлик воситалари аниқланди.

    'Namanganda soxta "dindorlar" ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 18.08.2025 15:46

    Namanganda soxta "dindorlar" ushlandi

    Bir guruh “uddaburonlar” voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib daromad qilib kelgan.

    'Yana bir mansabdor pora bilan qoʻlga olindi'ning rasmi

    Jinoyat 15.08.2025 20:00

    Yana bir mansabdor pora bilan qoʻlga olindi

    U 5000 AQSH dollari hamda “Iphone-16 Pro” telefon apparati talab qilayotgan paytida ushlangan.

    'Qashqadaryo va Farg‘onada mansabdor shaxslar pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jinoyat 15.08.2025 09:32

    Qashqadaryo va Farg‘onada mansabdor shaxslar pora bilan qo‘lga tushdi

    Shahrisabz tumani FVB rahbari va Marg‘ilon shahri ta’lim bo‘limi mutaxassisi pora olgani uchun ushlandi.