21 avgust kuni qabul qilingan qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda homiylik xayriya yig‘ish aniq tartibga solindi.
Yig‘imlar faqat ma’lum homiylik oluvchilarning manfaatlarini ko‘zlab va belgilangan muddat doirasida amalga oshiriladi.
Tartibga amal qilmaslik fuqarolar uchun 1 mln 236 ming so‘mdan 2 mln 60 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslar uchun esa 2 mln 60 ming so‘mdan 2 mln 884 ming so‘mgacha jarima bilan jazolanadi. Ma’lumot uchun, yaqinda fuqarolarni chuv tushirib, yolg‘on xayriya yig‘ayotgan 3 nafar shaxs qo‘lga olingandi.