AsosiyDunyo

Nega Ilon Mask Apple va OpenAI’ni sudga berdi?

2026 yil bahorida hakamlar hay'ati ishtirokida sud jarayoni boshlanishi kerak.

'Nega Ilon Mask Apple va OpenAI’ni sudga berdi?'ning rasmi

Ilon Mask Apple va OpenAI'ni raqobatni buzishda ayblab sudga berdi. Ularning ta'kidlashicha, ChatGPT'ning iPhone'ga integratsiya qilinish qarori raqobatga to'siq bo‘lmogda.

Ilon Maskning X va xAI kompaniyalari Texas federal sudiga Apple va OpenAI (ChatGPT yaratuvchisi)ga qarshi da'vo arizasi bilan murojaat qilib, ularni sun'iy intellekt (SI) sohasidagi raqobatga to‘sqinlik qilish maqsadida til birlashtirganlikda aybladi, deb yozmoqda BBC News.

Ma'lum qilinishicha, Apple va OpenAI «o‘z monopoliyalarini saqlab qolish hamda X va xAI kabi innovatorlarga raqobatchi bo‘lish imkonini bermaslik uchun bozorlarni egallab olgan.

Apple OpenAI bilan hamkorlikda ChatGPT'ni iPhone, iPad va Mac operatsion tizimlariga integratsiya qildi. Maskning kompaniyalari bu raqobat to‘g‘risidagi qonunni buzadi deb hisoblamoqda va milliardlab dollarlik zararni qoplashni talab qilmogda.

«OpenAI bilan maxsus kelishuvi bo‘lmaganida, Apple X va Grok ilovalarini o‘zining App Store'ida ko‘zga ko‘proq tashlanadigan joylarga joylashtirmasligiga hech qanday sabab bo‘lmas edi», — deya ta'kidlanadi da'vo arizasida.

Bu kelishuv, da'vo arizasida aytilishicha, ChatGPT ilovasiga App Store'da ustunlik bergan, «uning yuklanishini generativ sun'iy intellektga asoslangan boshqa chat-botlarga nisbatan oshirgan». Bu, Mask kompaniyalarining fikricha, OpenAI va Apple'ga «monopoliyalarini saqlab qolishga» yordam berdi.

OpenAI da'vo «Maskning doimiy ta'qib qilish amaliyotiga mos kelishini» ta'kidladi. Apple da'voga izoh bermadi.

2024 yilda Mask Altmanni OpenAI'ni tijoratlashtirishda ayblab, sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilgan va kompaniyaning tijorat tuzilmasiga aylanishini taqiqlashni so‘ragan.

2025 yil fevral oyida Mask boshchiligidagi investorlar konsortsiumi Open AI'ni nazorat qiluvchi notijorat tashkilotini sotib olish uchun 97,4 milliard dollar taklif qilgandi. Altman rad javobini bergan.

Ikkala tomon ham 2026 yil bahorida hakamlar hay’ati ishtirokida sud jarayonini boshlishi kerak.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Трамп ўзини Венесуэла президенти деб эълон қилди'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:01

    Трамп ўзини Венесуэла президенти деб эълон қилди

    Trumpning Truth Social'dagi hazilomuz post ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo'ldi.

    'Eron namoyishlarida 500 dan ortiq kishi halok bo‘lgani aytilmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:05

    Eron namoyishlarida 500 dan ortiq kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

    8 yanvardan buyon Eron hukumatining mamlakat bo‘ylab internetni to‘liq o‘chirib qo‘ygani sababli axborot oqimi keskin cheklangan.

    'Eron uch kunlik motam e'lon qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:45

    Eron uch kunlik motam e'lon qilindi

    Эрон президенти фуқароларни миллий қаршилик маршида қатнашишга ва зўравонликни қоралашга чақирди.

    'Трамп ва Зеленский Украинани тиклаш бўйича 800 млрд долларлик битим имзолаши мумкин'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:22

    Трамп ва Зеленский Украинани тиклаш бўйича 800 млрд долларлик битим имзолаши мумкин

    Vladimir Zelenskiy va Donald Trump urushdan keyin Ukrainani qayta tiklash va iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan yirik kelishuvni imzolashi ehtimoli bor.

    ''ning rasmi

    Dunyo 11.01.2026 16:11

    ''ning rasmi

    Dunyo 11.01.2026 13:46