Kecha, 25 avgust kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon “Millat” saroyida mamlakat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan bir qator amaldorlarga oliy davlat va faxriy mukofotlarni topshirdi. Bu borada u qizini ham unutmadi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan “Millat” saroyida Tojikiston Prezidenti fan, madaniyat, tibbiyot, ta’lim, tadbirkorlik va boshqa sohalardagi yuksak yutuqlari uchun 200 ga yaqin insonni mukofotlagan. Unvon olganlar orasida Prezidentning qizi, Tojikiston Prezidenti Ijroiya qo‘mitasi rahbari Ozoda Rahmon ham bor.
Ma’lumot uchun, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning to‘ng‘ich qizi Ozoda Rahmon hozirda Tojikiston Prezidenti Ijroiya apparati rahbari lavozimini egallab turibdi. U siyosiy faoliyatini 2005 yilda, 27 yoshida boshlagan. Uning birinchi ish joyi Respublikaning AQShdagi elchixonasi bo‘lib, u yerda 2007 yilda madani