Tyanjinda boʻlib oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida yakuniy deklaratsiya qabul qilindi.
Unda BMTni isloh qilish zarurligi qayd etildi, shuningdek, harbiy, energetika va transport sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, sunʼiy intellekt xavfsizligini taʼminlash masalalari belgilandi.
Hujjatda Isroil va AQShning Eronga qarshi havo hujumlari qoralandi. Shu bilan birga, Ukraina masalasi tilga olinmadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yigʻilishda Ukrainaga qarshi urushni oqlovchi bayonotlar bilan chiqdi. Unga koʻra, agressiya “Gʻarb tomonidan uyushtirilgan toʻntarish” ortidan boshlangan.
Putin, shuningdek, Xitoy va Hindiston tashabbuslarini ijobiy baholab, sammit doirasida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdoʻgʻan bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Uchrashuvlarda urushni tugatish masalasi va iqtisodiy hamkorlik muhokama qilindi.