AsosiyDunyo

Serbiyada yuz minglab odamlar muddatidan oldin saylovlar talab qilmoqda

Belgrad ko'chalariida o'n minglab odamlar halok bo'lganlar xotirasiga sukun yurishi o'tkazdi.

'Serbiyada yuz minglab odamlar muddatidan oldin saylovlar talab qilmoqda'ning rasmi

Mamlakat bo‘ylab davom etayotgan noroziliklar muddatidan oldin saylovlar talab qilinmoqda.

1 sentyabr kuni Serbiya poytaxti Belgradda o‘tkazilgan tinch yurishda ishtirokchilar 2024 yil noyabr oyida Novi-Sadda temiryo‘l vokzalida tom qub tushishi oqibatida halok bo‘lgan 16 kishining nomlarini yodga oldi.

Bu yurish mamlakatdagi korruptsiya, beparvolik va hukumat siyosatiga qarshi norozilik sifatida o‘tkazildi. Shunga o‘xshash aksiyalar Novi-Sad, Kragujevac va Aleksinats kabi shaharlarda ham bo‘lib o‘tdi.

Namoyishchilar prezident Aleksandar Vuchich yetakchiligidagi Serbiya progressiv partiyasini hokimiyatdan chetlatish va parlamentga muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini talab qilmoqda.

Serbiyada norozilik namoyishlari bir necha oydan buyon davom etmoqda. Ba’zida norozilar bilan politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar ham qayd etilgan.

Yanvar oyida norozilik to‘lqinlari fonida mamlakat bosh vaziri va sobiq Novi-Sad meri Milosh Vuchevich iste’foga chiqqandi.

    Boshqa yangiliklar