Namangan shahrida hokim va bir MCHJ rahbari 35 sotix yer maydonida ko‘p qavatli uy qurish huquqini rasmiylashtirib berish va moliyaviy ko‘mak evaziga fuqarodan 60 ming dollar pora talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida MCHJ rahbari usbu pulni olayotganida dalillar bilan ushlangan. So‘ngra tadbir davom ettirilib, shaharning o‘z hokimi devonxona mudiri orqali poraning o‘z ulushini olayotganida qo‘lga olingan.
Hokim deputatlik daxlsizligidan mahrum qilingan, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Zangiota tumanida esa qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi davlat zaxirasidagi 8 sotix yer maydonini fuqaroga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming dollar pora so‘ragan.
U 20 ming dollarni olayotganida DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Unga ham xuddi shunday moddalar – 168-modda 4-qism “a” bandi va 28,211-modda 3-qism “a” bandi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan, hozirda u ham qamoqqa olingan. Rasmiylarga ko‘ra, tergov jarayonida boshqa noqonuniy harakatlar ham o‘rganilmogda.