AsosiyDunyo

Rossiyaning Rostov shahridagi xonadonda "portlamagan snaryad" topildi

Hodisa ortidan hududda 320 kishi evakuatsiya qilingan.

'Rossiyaning Rostov shahridagi xonadonda "portlamagan snaryad" topildi'ning rasmi

Joriy yilning 2 sentabriga o‘tar kechasi Rostov shahri dronlar hujumiga uchradi. Shundan so‘ng bir uyda xavfli topilma aniqlandi, odamlar maktab binosiga vaqtincha ko‘chirildi.

Rostov viloyati vaqtincha gubernatori Yuriy Slyusarning ma’lumotiga ko‘ra, "portlamagan snaryad" shahardagi ko‘p qavatli uylardan birining xonadonida topilgan. Aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida 320 nafar fuqaro evakuatsiya qilingan, ular vaqtincha maktab binosiga joylashtirilgan.

Snaryadning turi va kelib chiqish sabablari hozircha ochiqlanmadi. Shuningdek, 2 sentabrga o‘tar kechasi Rostov shahri dronlar hujumiga uchragani, shahar g‘arbiy chekkasi va Krasniy Krım qishlog‘i yaqinida yong‘in kelib chiqqani, u tez orada bartaraf etilgani bildirildi.

Hujum natijasida shahardagi bir nechta bino zarar ko‘rgan, uch nafar katta yoshli va bir bola shifokorlarga murojaat qilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, hujum vaqtida 13 ta uchuvchisiz uchish apparati (UUА) urib tushirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 19:25

    'Janubiy Koreya mamlakatdagi yolg‘iz keksalarga ChatGPT o‘rnatilgan qo‘g‘irchoqlar tarqatmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 18:28

    Janubiy Koreya mamlakatdagi yolg‘iz keksalarga ChatGPT o‘rnatilgan qo‘g‘irchoqlar tarqatmoqda

    Qo‘g‘irchoqlar suhbatdoshi bilan erkin muloqot qiladi, dori ichish va ovqatlanish kabilarni eslatib turadi.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 18:03

    'Endi Rossiyaliklar Xitoyga vizasiz tashrif buyuradi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:49

    Endi Rossiyaliklar Xitoyga vizasiz tashrif buyuradi

    Ushbu tartib sayyohlik, ishbilaromonlik, qarindoshlarni ko‘rish va ayirboshlash dasturlari doirasida boruvchilarga taalluqli.

    'Afgʻonistonda zilzila qurbonlari soni yana 300 nafarga ortdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:02

    Afgʻonistonda zilzila qurbonlari soni yana 300 nafarga ortdi

    БМТ ва дунёнинг бир қатор етакчи давлатлари мамлакатга инсонпарварлик ёрдамини кўрсатишга ваъда бермоқда.

    'Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar boʻldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:45

    Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar boʻldi

    Qobuljon Ahmadov OAV uchun kontent tayyorlash markazi direktori bo‘ldi. Husan Salixov va Jahongir Abdurahmonov esa uning o‘rinbosarlari etib tayinlandi.