76 yoshli frantsuz aktyori 2018 yilda hamkasbi Sharlott Arnuga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda.
Aktrisa Depardyo uni Parijdagi uyida ikki marta zo‘rlaganini ta'kidlaydi. 2020 yilda qayta ariza topshirilganidan so‘ng tergov ochildi va 2024 yilda Parij prokuraturasi ishni sudga oshirishni talab qildi.
Depardyo ayblovlarni rad etib, munosabatlar “o‘zaro rozilikka asoslangan”ini aytmoqda. Biroq prokuratura “jiddiy va tasdiqlangan dalillar” mavjudligini bildirdi. Agar sud uni aybdor deb topsa, aktyorga 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi mumkin.
Shu yilning may oyida esa Depardyo boshqa jinoyat ishi bo‘yicha aybdor deb topilib, 18 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilingan edi.