AQSh harbiylari Janubiy Karib dengizida Venezuelaga tegishli, giyohvand moddalar tashiyotgan qayiqni nishonga olib, portlatib yubordi. Rasmiy bayonotga ko‘ra, zarba oqibatida “Tren de Aragua” guruhining 11 nafar a’zosi halok bo‘lgan.
Trump Oq uyda o‘tkazgan matbuot anjumanida bu voqeani “so‘nggi daqiqalarda amalga oshirilgan aniq zarba” — deya izohladi.
U orqasidan videoni ham e’lon qilib, bu harakat “AQShga giyohvand moddalar olib kirishni rejalashtiraotganlarga ogohlantirish” ekanini ta’kidladi.
“Tren de Aragua” — Venezuelada paydo bo‘lgan va mintaqada faoliyat yuritayotgan yirik “narkoterroristik” guruhlardan biri hisoblanadi. AQSh hukmati bu guruhni xalqaro xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilot sifatida belgilagan.