Xitoyning Pekin shahrida 3 sentabr kuni o‘tkazilgan harbiy parad Ikkinchi jahon urushida Yaponiya kapitulyatsiyasining 80 yilligiga bag‘ishlandi.
Paradda 10 mingdan ortiq harbiy xizmatchi, yuzlab zamonaviy harbiy texnikalar, jumladan, yadro raketalari, dronlar, tanklar va samolyotlar namoyish qilindi.
Tantanal marosimda XXR Raisi Si Tsinpin bilan bir qatorda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In ishtirok etdi. Bu uch yetakchining ilk bor omma oldida birgalikda ko‘rinish bergan payti bo‘ldi. Pekinga shuningdek, 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyurdi, biroq ko‘plab G‘arb diplomatik vakillari tadbirda ishtirok etmadi.
Paraddan oldin, AQSh prezidenti Donald Trump Truth Social‘dagi postida ushbu uchligni AQShga qarshi fitna uyushtirishda aybladi:
“Vladimir Putin va Kim Chen In‘ga eng iliq tilaklarimni yetkazing, sizlar AQShga qarshi fitna rejalashtirayotgan chog‘da”, — deb yozdi u.
Trump, shuningdek, AQShning tarixiy jihatdan Xitoyga ko‘rsatgan yordamlarini eslatib o‘tdi va bugungi geosiyosiy voqelikni “sadoqatga nisbatan xiyonat” sifatida baholadi.