AsosiyJamiyat

Qurilish tashkilotlari reytingi boʻyicha tarqalgan xabarlarga raddiya berildi

Fuqarolarning roziligisiz ishchi sifatida rasmiylashtirish holatlari boʻyicha tartiblar ishlab chiqilmogʻda.

'Qurilish tashkilotlari reytingi boʻyicha tarqalgan xabarlarga raddiya berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim qurilish tashkilotlari reytingni oshirish maqsadida fuqarolarni ogohlantirmasdan ishchi sifatida rasmiylashtirayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur masalaga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirib, reyting tizimi avtomatik tarzda tuzilishini va bu jarayonda “Shaffof qurilish” tizimi faqat mavjud ma’lumotlarni jamlash bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi.

Reyting Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi bazalaridan olinadigan ma’lumotlarga asoslanadi.

Shu bois, fuqarolarning roziligisiz rasmiylashtirish holatlarini aniqlash va oldini olish bo‘yicha yangi tartiblar ishlab chiqilmocda.

Shuningdek, agar qurilish tashkiloti reyting yoki tender jarayonida soxta ma’lumot taqdim etsa, u holda qonunchilikka muvofiq jazoga tortilishi mumkin, xususan “insofsiz ijrochilar” reestriga kiritiladi yoki elektron bayonnomasi bekor qilinadi.

Rasmiy manbalar orqali aniqlashtirilgan ma’lumotlar asosida harakat qilish tavsiya etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.