AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda chiroyli raqamlarni auksionda sotish to‘xtatiladi

Tanlangan raqam yagona oshirilgan to‘lov evaziga beriladi, uning miqdori esa 2025 yil 1 oktabrdan boshlab, “Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasi tomonidan belgilanadi.

'O‘zbekistonda chiroyli raqamlarni auksionda sotish to‘xtatiladi'ning rasmi

2026 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda transport vositalari uchun chiroyli davlat raqami belgilarini auktsion orqali sotish tartibi bekor qilinadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 4 sentabr kuni qabul qilingan “Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Ma’lum qilinishicha, fuqarolar uchun auktsion savdolarida ishtirok etish tartibi murakkab va ko‘p vaqt talab etishi, ayrim toifadagi davlat raqami belgilari uchun boshlang‘ich narxlari yuqoriligi keng aholi qatlami uchun bunday raqamlarni sotib olish imkoniyatini cheklamoqda.

2026 yil 1 yanvardan boshlab, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (O‘zRTXB) tizimida har qanday raqam belgilarini sotish bo‘yicha auktsionlar, shuningdek, xaridorgir raqamlarni oshirilgan stavkalarda berish tartibi bekor qilinadi.

Yangi tartibga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron murojaat asosida online rejimda uzluksiz ravishda yangilanib turadigan yagona ochiq ma’lumotlar bazasida bosh turgan istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat raqami belgilarini tanlab olishi mumkin bo‘ladi.

Tanlangan raqam yagona oshirilgan to‘lov evaziga beriladi, uning miqdori esa 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab, “Uzavtomotobelgi” davlat unitary korxonasi tomonidan belgilanadi. O‘zRTXB 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab chiroyli davlat raqami belgilarining auktsion savdolarini to‘xtatadi.

Auktsionda sotib bo‘linmagan yoki ishlab chiqarilib, sotilmagan xaridorgir 1 dan 3-toifagacha bo‘lgan avtoraqamlar “Uzavtomotobelgi” yangilangan yagona oshirilgan to‘lov evaziga, 4−6-toifadagilari esa xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lmagan davlat raqami belgilarini berishning amaldagi tartibida beriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent viloyatida miltiq ko‘targan erkak do‘konga kirib, sotuvchi ayolni jarohatladi'ning rasmi

    Jamiyat 13.11.2025 20:29

    Toshkent viloyatida miltiq ko‘targan erkak do‘konga kirib, sotuvchi ayolni jarohatladi

    Jabralanuvchining olgan tan jarohati yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 13.11.2025 19:45

    'Chiroqchida fuqaroning uyidan 21 kilogrammgiga yaqin giyohvandlik moddasi topilgan'ning rasmi

    Jamiyat 13.11.2025 17:28

    Chiroqchida fuqaroning uyidan 21 kilogrammgiga yaqin giyohvandlik moddasi topilgan

    DHX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikki marta sudlangan shaxsning uyidan 20 kilogramm 658 gramm marixuana musodara qilindi.

    'Samarqandlik ayol erini qamoqdan qutqarish uchun aliment qarzini o‘zi to‘laydi'ning rasmi

    Jamiyat 13.11.2025 10:43

    Samarqandlik ayol erini qamoqdan qutqarish uchun aliment qarzini o‘zi to‘laydi

    Past Dargʻom tumanida ayol aliment boʻyicha qarzni oʻz hisobiga toʻlab, 15 sutkaga qamalgan turmush oʻrtogʻini ozod ettirdi.

    'Davlat rahbarining “Markaziy Osiyo yangi davr ostonaida”nomli maqolasi e’lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 13.11.2025 09:46

    Davlat rahbarining “Markaziy Osiyo yangi davr ostonaida”nomli maqolasi e’lon qilindi

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta'kidlashicha, Markaziy Osiyo davlatlari o'zaro ishonch va do'stlik asosida hamjihatlikning yangi bosqichiga qadam qo'ymoqda.

    'Inflyatsiya 2027 yilgacha 5 foizgacha tushiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 13.11.2025 09:16

    Inflyatsiya 2027 yilgacha 5 foizgacha tushiriladi

    O'zbekiston hukumat keyingi ikki yilda narxlar o'sishini bosqichma-bosqich kamaytirishni maqsad qilgan.