AsosiyDunyo

Idlibda o‘zbekistonlik jangarilar qo‘lga olindi

Ular ISHID va "Al-Qoida" bilan bog'liq guruhlar tarkibida faoliyat yuritgan.

'Idlibda o‘zbekistonlik jangarilar qo‘lga olindi'ning rasmi

Suriyaning Idlib viloyatida o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli amaliyotlar chog‘ida bir necha o‘zbekistonlik jangarilar qo‘lga olindi.

Ular IShID va “Al-Qoida”ga aloqador qurolli tuzilmalar a’zosi bo‘lgani ma’lum qilindi. Xavfsizlik manbalariga ko‘ra, iyun oyida “Abu Dujana” laqabli harbiy instruktor Ayub, avgustda esa Islom ismli shaxs ushlangan.

3 sentabr kuni esa Haram hududida IShIDga tegishli yacheyka faoliyati to‘xtatilib, unda O‘zbekiston va Iroq fuqarolari hibsga olingan.

Mutaxassislar bu choralar Idlibdagi nazoratni mustahkamlash va xorijlik jihodchilar ta’sirining oldini olishga qaratilganini ta’kidlamoqda.

    Boshqa yangiliklar