Samarqand viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Urgut tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning hovlisidagi daraxt tagidan Tojikiston Respublikasidan keltirilgan 960 gr “opiy” moddasi ko‘mib qo‘yilganligi aniqlangan. Bu haqda IIV Darakchi.uz ga xabar berdi.
Xuddi shunday, Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, xonadondagi o‘g‘ilxonada 25 kg 520 gr “marig‘uvana” giyohvandlik o‘simligi saqlanayotganligi aniqlangan.
Hozirda har ikkki holat bo‘yicha mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish...) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.