12 sentabr kuni soat 00:45 larda Chilonzor tumanida Spark va YPX xizmat mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
IIBB ma’lumotiga ko‘ra, 2008 yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan yigit davlat raqam belgisiz Sparkni boshqarib, qatnov yo‘nalishini keskin o‘zgartirgan va natijada Lacetti rusumli xizmat avtomobili bilan to‘qnashgan.
Hodisa natijasida og‘ir tan jarohatlanganlar qayd etilmagan, haydovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.