AsosiyJamiyat

Toshkentga keläyotgan samolyo‘t qushlar galasi bilan to‘qnashdi

Bortida 91 kishini boʻlgan samolyot hodisa oqibatida ortga qaytdi.

'Toshkentga keläyotgan samolyo‘t qushlar galasi bilan to‘qnashdi'ning rasmi

Bugun, 2025 yil 12 sentyabr kuni soat 07:40 da (mahalliy vaqt bilan) Irkutsk shahri aeroportida aviatsiya hodisasi yuz berdi, deya xabar bermoqda Sharqiy-Sibir transport prokuraturasi xabar qildi. Qayd etilishicha, "Ural avialiniyalari" aviakompaniyasiga tegishli A-319 havo kemasi "Irkutsk–Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha 2719-reysni amalga oshirayotgan paytda samolyot dvigateliga qushlar galasiga kelib urilgan. Natijada, havo kemasi qo‘mondon qaroriga ko‘ra qaytadan Irkutsk aeroportiga qaytgan. Samolyot bortida 6 nafar ekipaj a’zosi va 91 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan, havo kemasiga zarar yetmagan. Baykal-Angarsk transport prokuraturasi tomonidan parvozlar xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilinishi yuzasidan tekshiruv boshlandi.

    Boshqa yangiliklar