2025 yil boshidan buyon Toshkent aeroportida 535 ta taqiqlangan buyum musodara qilindi. Bu haqda "Uzbekistan Airports" Aviatsiya xavfsizligi xizmati xabar qildi.
Musodara qilingan buyumlar orasida sovuq qurollar (pichoqlar, xanjarlar, kastetlar), harbiy qurol-yarogʻ va ularga oʻxshatmalari, pirotexnika vositalari (paqildoqlar, bengal chiroqlari), gaz va qalampirli ballonlar, dubulgʻalar va elektrashoklar, kimyo moddalari hamda koʻp maqsadli qurilmalar (oʻyinchoqli toʻpponchalar, brelokli oʻqlar, shuningdek, dronlar) bor.
"Mazkur buyumlarning aksariyati yoʻlovchilar va ekipaj xavfsizligi uchun potentsial tahdid hisoblanadi. Hatto suvenirlik oʻqlar va oʻyinchoqli qurollar ham shubha uygʻotishi va reys kechikishiga yoki samolyot bortida hodisa yuz berishiga sabab boʻlishi mumkin.
Tashish qoidalariga rioya qilish oʻz navbatida nazoratdan oson oʻtishga yordam berishi bilan birga, parvozlar xavfsizligini taʼminlashda ham muhim rol oʻynaydi. Shu munosabat bilan yoʻlovchilarga taqiqlangan buyumlar roʻyxati bilan oldindan tanishib chiqish tavsiya etiladi", deya taʼkidlaydi “Uzbekistan Airports” Aviatsiya xavfsizligi xizmati.